Ekvador milliy terma jamoasining 22 yoshli futbolchisi Marko Angulo vafot etdi. Bu haqda mahalliy OAVlar xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Angulo baxtsiz hodisaga uchrab, 35 kunni komada o’tkazgan. Ichida besh kishi bo’lgan avtomobil ko’prikka borib urilgan.
Voqea sodir bo’lgan kuni ikki kishi halok bo’lgan, ulardan biri xaydovchi va yana biri mahalliy futbolchi bo’lgan.
Shifokorlar bir oydan ko’proq vaqt davomida Anguloning hayoti uchun kurashgan. Unda tos suyagi sinishi, o’ngdagi pnevmotoraks, miya shishi, subdural gematoma va ichki qon ketishi kuzatilgan.
Operatsiyadan keyin Markoning ahvoli sezilarli darajada yaxshilana boshlagan. Biroq, keyinchalik yana yomonlashgan va futbolchi vafot etgan.