“Tottenxem” koreyalik 18 yoshli vinger Yang Min Xyuk bilan shartnoma imzoladi.

Tomonlar 2030-yilgacha bo’lgan shartnoma tuzishgan. Futbolchi 2025-yilning yanvar oyida jamoaga kelib qo’shiladi.
Ma’lumot uchun, Yang hozirda “Gangvon”ning asosiy jamoasida o’ynamoqda. U o’tgan mavsum Janubiy Koreya chempionatida 25 ta o’yin o’tkazib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.