“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim gollandiyalik mutaxassis Rud van Nistelroy bilan xayrlashdi. Murabbiy “qizil iblislar”ni tark etdi.
“Rahmat, Rud”, – deb yozdi Amorim o’z ijtimoiy tarmoqlarida.
Eslatib o’tamiz, van Nistelroy Erik Ten Xag iste’foga chiqarilganidan keyin mankunianliklar bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi edi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” 11-turdan so’ng 15 ochko jamg’argan holda APL turnir jadvalida 13-o’rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o’yini 24-noyabr kuni “Ipsvich”ga qarshi o’tkaziladi.