Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Messi “Inter Mayami” bilan yangi mehnat shartnomasi imzolaydi. Tomonlar o’rtasidagi muzokaralar hozirda yakuniy bosqichda turibdi.
Ta’kidlanishicha, yangi kelishuv 2026-yilning dekabr oyiga qadar mo’ljallangan.
Eslatib o’tamiz, Messi 2023-yilning yozidan buyon “Inter Mayami”da o’ynab kelmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 22 ta o’yin o’tkazib, 16 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.