“Valensiya” klubi darvozaboni Giorgi Mamardashvili “Liverpul”ga o’tish oldidan bugun tibbiy ko’rikdan o’tadi. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Avvalroq “Liverpul” “Valensiya” ushbu transfer bo’yicha kelishuvga erishgani ma’lum bo’lgandi.
Qayd etilishicha, mersisaydliklar gruziyalik darvozabon uchun 35 million yevro to’laydi. Shuningdek, Mamardashvili joriy mavsumni “Valensiya”da ijarada o’tkazadi.
Ma’lumot uchun, Mamardashvili o’tgan mavsum 37 ta o’yinda maydonga tushib, 13 tasida o’z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 45 million yevroni tashkil qiladi.