Madridning “Real” klubi qishki transferlar vaqtida “Liverpul”ning o’ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni sotib olish fikridan voz kechishi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, ingliz klubi “Real”dan Aleksandr-Arnold uchun katta summa so’rashi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, mersisaydliklar hali ham 26 yoshli futbolchiga umid bog’lamoqda.
Ma’lumot uchun, Trent joriy mavsum barcha turnirlarda 16 ta o’yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.