“Yuventus” yarim himoyachisi Pol Pogba klub bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish borasida muzokara o’tkazdi. Bu haqda Sky Sports News xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 31 yoshli futbolchi va turinliklar o’rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda. Shuningdek, Pogbaga Angliya, Yevropa va Saudiya jamoalari qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchining transferi bo’yicha muzokaralar shartnoma bekor qilinganidan keyin boshlanishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Pogbaning “Yuventus” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo’ljallangan, biroq Tiago Motta jamoasi yil oxirigacha futbolchi bilan shartnomani bekor qilmoqchi.
Eslatib o’tamiz, Lozannodagi Sport arbitaj sudi (CAS) qaroriga ko’ra, 31 yoshli futbolchi 2025-yilning yanvar oyida mashg’ulotlarga qaytish huquqiga ega va mart oyidan boshlab maydonga tushishi mumkin.