Keyingi mavsum Italiya A Seriyasida ishtirok etadigan “Kremoneze” “Roma” bilan Eldor Shomurodovning transferi bo’yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda Retesport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, rimliklar 8 million yevro evaziga Shomurodov bilan xayrlashishga tayyor.
Qayd etilishicha, xorij jamoalaridan ko’plab takliflar tushayotganiga qaramay, Eldor A Seriyada qolishni ma’qul ko’rmoqda va “Kremoneze”ning taklifini o’ylab ko’rmoqchi.
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov o’tgan mavsum “Roma” safida jami 37 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.