Bugun Yevropa Chempionlar Ligasining hal qiluvchi 8-tur bellashuvlari bo’lib o’tadi. Ushbu tur doirasida hamyurtimiz Abduqodir Husanov to’p surayotgan “Manchester Siti” “Bryugge”ga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu bahs “shaharliklar” uchun muhim ahamiyat kasb etiladi. Boisi, agar “Siti” mazkur turda mag’lub bo’lsa yoki durang o’ynasa, YChL pley-off bosqichiga chiqa olmaydi.
Shuningdek, bugun YChL’da yana bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo’lib o’tadi. O’yinlarning barchasi bir vaqtda, tungi soat 01:00 da start oladi.
