Italiyaning “Fiorentina” klubi hozirda erkin agent maqomida yurgan darvozabon David de Xea bilan og’zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “Fiorentina” ispaniyalik darvozabon bilan 2025-yilning yoziga qadar mo’ljallangan shartnoma imzolaydi. Shuningdek, kelishuvda shartnomani bir yilga uzaytirish bandi ham bor.
De Xea yangi klubida 3 million yevro maosh oladi.
Eslatib o’tamiz, 33 yoshli kiper 2022-yil “Manchester Yunayted”ni tark etganidan beri ishsiz edi.