Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Vilyareal”ga qarshi bahsda jarohat olgan “Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenni qo’llab-quvvatladi.
“Dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri bo’lgan ter Shtegen kabi muhim futbolchi jarohat olganidan juda afsusdaman. Umid qilamanki, u tezroq tuzalib ketadi”, – deydi Anchelotti.
Eslatib o’tamiz, avvalroq ter Shtegen operatsiya qilinishi va uning tiklanish muddati keyinchalik ma’lum qilinishi xabar qilingandi.