Argentinalik hujumchi Xulian Alvaresning “Atletiko Madrid”ga transferi to’liq yakunlandi.
Marca nashrining xabariga ko’ra, forvard Madridda tibbiy ko’rikdan muvaffaqiyatli o’tgan.
Xulian bugun “matraschilar” bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Atletiko” 24 yoshli hujumchi transferi uchun 75+20 million yevro to’laydi. Tomonlar o’rtasida 5 yillik shartnoma imzolanadi.