Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan yozgi transferlar oynasida jamoasini o’zgartirishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, germaniyalik tajribali futbolchining xizmatlariga “Al-Sadd” qiziqish bildirmoqda. Qatar klubi 33 yoshli yarim himoyachiga 3 yillik shartnoma taklif qilgan.
Ma’lumot uchun, Gyundoganning “Barselona” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar amal qiladi. O’tgan mavsumda Ilkay Ispaniya chempionatida 35 ta o’yin o’tkazib, 5 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.