“Inter Mayami” klubi egasi Devid Bekxem Lionel Messining transferi haqida fikr bildirdi.
“Uning orzusi faqat oilasi ajoyib hayot kechirishi uchun ko’chib o’tishi mumkin bo’lgan joy topish edi. Bu u uchun juda muhim edi. Rostini aytsam, uning transferi men uchun orzu edi.
Aytish mumkinki, biz eng buyuk futbolchi bilan shartnoma imzoladik. Tarixda eng yaxshi futbolchi kim ekanligi haqida har kimning o’z fikri bor. Lekin MLS’da, Mayamida o’ynaydigan eng buyuk futbolchi bor, deyish shunchaki orzu, bilasizmi?
Yozda men to’rt hafta davomida shu yerda bo’ldim. Har kuni mashg’ulotlarni kuzatdim, chunki bizda Leo borligiga hali ham ishona olmayman. Ikkinchidan, men uning nima qilayotganini ko’rishni xohlayman. Bu biz uchun alohida narsa”, – deydi Bekxem.