“Vest Hem” bosh murabbiyi Xulen Lopetegi tez orada iste’foga chiqishi mumkin.
“Bolg’achilar” yozgi transferlar oynasida deyarli 150 million yevro sarf qildi, biroq bu hali hech qanday natija bergani yo’q. 5-turdan so’ng londonliklar 4 ochko jamg’argan holda 14-o’rinda bormoqda.
Nikolo Skiraning xabariga ko’ra, Lopetegining “Vest Hem”dagi kelajagi so’roq ostida turibdi. Chempionat doirasidagi navbatdagi ikki o’yin: “Brentford” va “Ipsvich”ga qarshi bahslar ispaniyalik mutaxassisning klubdagi taqdirini belgilab beradi.
Eslatib o’tamiz, Xulen Lopetegi joriy mavsum boshida “bolg’achilar” boshqaruviga kelgandi.