Vengriya poytaxti Budapesht shahrida ikki yillikning nufuzli turniri “Budapesht-2024” shaxmat Olimpiadasi o’z yakuniga yetdi.
189 ta jamoa ishtirok etgan erkaklar o’rtasidagi musobaqada O’zbekiston 3-o’rinni qo’lga kiritdi.
Vakillarimiz 11 ta turda jami 17 ochko jamg’ardi va qo’shimcha ko’rsatkichlar evaziga Xitoyni ortda qoldirdi.
Shuningdek, taxtalar kesimida Nodirbek Abdusattorov kumush medalni (1-taxta), Shamsiddin Vohidov esa oltin medalni (4-taxta) qo’lga kiritdi.
Qizlarimiz esa jamoaviy bahslarda 12-o’rinni egallashdi va o’zbek ayollari shaxmatida o’ziga xos tarix yaratishdi. Bundan tashqari, Nodira Nodirjonova taxtalar kesimida kumush medalni (5-taxta) o’ziniki qilib oldi.

