Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik joriy mavsum taqvimi haqida o’z fikrlarini bildirdi.
“UEFA va FIFA futbolchilar haqida ko’proq qayg’urishi kerak. Qolaversa, hamma ham har bir o’yinda yuqori darajada o’ynay olmaydi. O’yinlar sonini kamaytirish kerak”, – deydi Flik.
Eslatib o’tamiz, avvalroq “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri ham taqvim haddan tashqari murakkabligi sabab futbolchilar tomonidan ish tashlash ehtimoli borligini aytgandi.
Ma’lumot uchun, Xansi Flik shogirdlari La Liganing navbatdagi turida “Vilyareal”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs 22-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da start oladi.