UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalidan o’rin olgan “Barselona” – “Borussiya D” hamda PSJ – “Aston Villa” bahslari bo’lib o’tdi.
Kataloniyada kechga o’yinda mezbonlar yirik 4:0 hisobidagi g’alabaga erishdi. Uchrashuvdagi gollarga Rafinya, Levandovski (dubl) va Yamal mualliflik qildi.
Kunning ikkinchi bahsi Parijda o’tkazildi. Unda PSJ “Aston Villa”ni qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi gollarga parijliklar safidan Desire Due, Xvicha Kvaratsxeliya va Nuno Mendesh mualliflik qilgan bo’lsa, Morgan Rojers “Aston Villa”ning yagona javob to’pini kiritdi.
Ma’lumot uchun, tomonlar o’rtasidagi javob o’yini 15-apreldan 16-aprelga o’tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.