Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti nega o’yin vaqtida saqich chaynashini tushuntirib berdi.
“Saqich chaynash? Bu stressdan halos bo’lishning bir usuli. Ba’zilar meni bu uchun tanqid qilishadi, lekin menga bu yoqadi.
O’yin boshlanganda yurak urishim keskin ko’tariladi. Saqich chaynash menga uni normal holatda boshqarishga yordam beradi”, – deydi italiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, “Real” o’zining navbatdagi o’yinini “Rayo Valekano”ga qarshi o’tkazadi. Uchrashuv 9-mart kuni bo’lib o’tadi.