Saudiyaning “An-Nasr” klubi bosh murabbiyi Stefano Pioli jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu Lionel Messidan ustun ekanligini aytdi.
“Menimcha, Ronaldu Messidan ustunroq, u o’ynagan o’yinlaridan ko’ra ko’proq gol urgan”, – deya Piolining so’zlarini keltiradi AS.
E’tiborli jihati shundaki, 2022-yilning dekabr oyida italiyalik mutaxassis shunday degan edi: “Futbolda uchta afsona bor – Pele, Maradona va Messi. Lekin ularning barchasi turli davrlarga mansub”.
Eslatib o’tamiz, 58 yoshli murabbiy 18-sentyabr kuni riyodliklar bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Tomonlar o’rtasida 3 yilga mo’ljallangan shartnoma imzolangan.