Kataloniyaning “Barselona” klubi Fermin Lopes bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, kataloniyaliklar Lopesning Olimpiadada ko’rsatgan o’yinidan so’ng unga boshqa klublardan qiziqish bo’lishini biladi va shuning uchun bitimni uzaytirmoqchi.
Takidlanishicha, “Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Xansi Flik ham Ferminning Olimpiya o’yinlaridagi harakatini yuqori baholagan.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli vingerning “ko’k-anorranglilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilga qadar mo’ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko’ra, uning narxi 30 million yevro tashkil qiladi.