“Manchester Siti”ning yangi a’zosi Abduqodir Husanov “shaharliklar” safida qancha maosh olishi ma’lum bo’ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Husanovning maoshi barcha soliqlarni qo’shib hisoblaganda 3,5 million yevroni tashkil qiladi. Soliqlar chiqarib tashlanganda esa bu summa 1,97 million yevrogacha qisqaradi.
Eslatib o’tamiz, hamyurtimiz “Manchester Siti” bilan 2029-yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Abduqodir yangi jamoasi safida 45-raqam ostida harakat qiladi.