“Manchester Siti” Pep Gvardiola bilan shartnomani uzaytirganiga qaramay, unga muqobil variantlarni ko’rib chiqishda davom etmoqda.
Daily Mail xabariga ko’ra, “shaharliklar” rahbariyati hozirda A Seriya debyutanti “Komo”ni boshqarayotgan Sesk Fabregasga e’tibor qaratmoqda.
Shu bilan birga, Fabregasga “Milan”, “Inter” va “Roma” ham qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, ayni dam Fabregas boshqaruvidagi “Komo” A Seriya turnir jadvalida 28 ochko bilan 13-o’rinda bormoqda.