“Roma” klubi hujumchisi, hamyurtimiz Eldor Shomurodov faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.
Fabritsio Romanoning xabariga ko’ra, Shomurodovga “Atlanta Yunayted” qiziqish bildirmoqda. Hozirda tomonlar o’rtasida muzokara olib borilmoqda.
Eslatib o’tamiz, Eldor o’tgan mavsumni “Kalyari” safida ijarada o’tkazdi. Ushbu jamoa tarkibida 24 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.