Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Manchester Siti”ning so’nggi o’yinlardagi qoniqarsiz natijalari haqida fikr bildirdi.
Eslatib o’tamiz, “shaharliklar” so’nggi 10 ta o’yinda bir marta g’alaba qozondi.
“Men Pepga hech qanday maslahat bermayman. So’nggi natijalar tufayli u haqidagi fikrim o’zgarmadi. Biz ko’p narsalarni nazorat qila olamiz, lekin o’yinlar natijasini emas”, – deydi Anchelotti.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” Gvardiola qo’l ostida 6 marta Angliya chempioni bo’lishdi va bir bor Chempionlar ligasida zafar quchishdi. Klub joriy mavsum APL turnir jadvalida 27 ochko to’plab, 4-o’rinni egallab turibdi.