Madridning “Real” klubi “Liverpul”ning o’ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni 2025-yilning yozida, futbolchining mersisaydliklar bilan shartnomasi tugashi bilanoq o’z safiga qo’shib olmoqchi. Bu haqda Football Espana xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “qaymoqranglilar” 32 yoshli o’ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal bilan kelasi yozda yakuniga yetadigan shartnomani ham uzaytirmoqchi.
Shunga qaramay, “Real” Aleksandr-Arnoldni tekinga qo’lga kiritish imkoniyatini qo’ldan chiqarmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda angliyalik futbolchi jami 5 ta o’yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.