Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatida 1000 ta gol urishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
Hozirda Ronaldu hisobida 931 ta gol bor.
“Do’stlar, kelinglar, hozirgi lahzadan zavqlanaylik. Mening maqsadim 1000 ta gol urish emas. Agar shunday bo’lsa, bu ajoyib bo’lardi. Agar bo’lmasa, hechqisi yo’q”, – deydi Ronaldu.
Eslatib o’tamiz, kecha, 4-aprel kuni Saudiya Pro-ligasining 26-turidan o’rin olgan bahsda “An-Nassr” “Al-Hilol” ustidan 3:1 hisobida g’alaba qozondi. Ushbu o’yinda Ronaldu dubl qayd etdi.