Madridning “Real” klubi ukrainalik darvozabon Andrey Lunin bilan shartnomani 2030-yilning yoziga qadar uzaytirdi.
Ma’lumot uchun, Lunin “Real” safiga 2018-yilda, 19 yoshida kelib qo’shilgan va 2020-yildan buyon asosiy jamoa tarkibida o’ynab kelmoqda.
Shu vaqtga qadar kiper klub bilan 10 ta sovrinni qo’lga kiritdi: 2 marta Chempionlar ligasi, 1 marta klublar o’rtasidagi jahon chempionati, 2 marta UEFA Superkubogi, 2 marta La Liga, 1 marta Ispaniya kubogi va 2 marta Ispaniya Superkubogi.