JCh-2026 saralash bosqichining 13-turida Argentina va Urugvay o’zaro to’qnash keldi va yakunda amaldagi jahon chempionlari minimal hisobda g’alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 68-daqiqada yarim himoyachi Tiago Almada tomonidan kiritildi. Ikkinchi bo’lim oxirida esa Almada qo’polligi uchun maydondan chetlatildi.
Ma’lumot uchun, ushbu bahsda Lionel Messi ishtirok etmadi.
Shu tariqa, Argentina terma jamoasi KONMEBOL saralash guruhida 28 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Urugvay esa 20 ochko bilan 4-o’rinda bormoqda.