“Manchester Siti” himoyachisi Natan Ake qachon safga qaytishi ma’lum bo’ldi.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning fikricha, Ake navbatdagi xalqaro tanaffusdan so’ng maydonga qaytishi mumkin.
Bundan ko’rinadiki, futbolchi “Manchester Siti”ning kamida yettita o’yinini o’tkazib yuboradi.
Eslatib o’tamiz, 29 yoshli futbolchi 10-sentyabr kuni Niderlandiyaning Millatlar Ligasi doirasidagi Germaniyaga qarshi o’yinida (2:2) mushaklaridan jarohat olgandi.