Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe “Oltin to’p”ni emas, balki Chempionlar Ligasida g’alaba qozonishni afzal ko’rishini aytdi.
“Oltin to’p” – bu individual sovrin va men har doim “Real”da bo’lish shunchaki bebaho ekanligini aytib kelganman. Men Chempionlar Ligasida g’alaba qozonishni va klubning bir qismiga aylanishni xohlayman.
Maqsadim? Men gol urishni yaxshi ko’raman, lekin eng muhimi bu jamoa bilan sovrinlar, jumladan, La Liga va Chempionlar Ligasi g’olibligini qo’lga kiritish”, – deydi fransiyalik yulduz.
Eslatib o’tamiz, Mbappe o’tgan yozda PSJ’dan “Real” safiga kelib qo’shildi. Tomonlar o’rtasida 2029-yilga qadar mo’ljallangan shartnoma imzolangan.