“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland Angliya Premyer-ligasida avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda APL matbuot xizmati xabar berdi.
Avgust oyida 24 yoshli norvegiyalik futbolchi Angliya chempionatining 3 ta o’yinida qatnashib, 7 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Xoland o’z faoliyati davomida uchinchi marta bunday mukofotga sazovor bo’ldi. Avvalroq forvard 2022-yil avgust va 2023-yil aprel oylarida Premyer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingandi.