Yozgi transferlar vaqtida fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe erkin agent sifatida PSJ’dan “Real”ga ko’chib o’tdi. Endi Mbappe parijliklarda qolib ketgan 55 million yevro miqdoridagi qarzni so’rab, uni to’lashni talab qilmoqda.
Fransiya Professional futbol ligasi yuridik komissiyasi PSJ’ga Mbappega qarzni to’lashni buyurgan, ammo klub ishni yuqori sudda davom ettirmoqchi.
Liga 1 chempionlari erkin agent sifatida jamoani tark etganidan keyin Mbappega bu miqdorni to’lamasliklari kerak deb hisoblaydi.
Goal nashri xabariga ko’ra, komissiya qaroridan so’ng PSJ Mbappega ikki so’zdan iborat xabar jo’natgan: “Biz to’lamaymiz”.
Ma’lumot uchun, Mbappe o’tgan mavsum Liga 1’da 29 ta o’yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.