Madridning “Real” klubi yarim himoyachilari Jud Bellingem va Aurelian Tchuameni La Liganing 5-turidan o’rin olgan “Real Sosedad”ga qarshi o’yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Football Espana xabariga ko’ra, har ikki futbolchi ham jamoadoshlaridan alohida mashg’ulot o’tkazgan va jamoa bilan San-Sebastyanga bormaydi.
Shuningdek, Eduardo Kamavinga va Dani Sebalos ham ushbu bahsni o’tkazib yuboradi. Ularning o’rniga Luka Modrich, Federiko Valverde, Arda Guler yoki Brahim Dias yarim himoyada maydonga tushishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Real” va “Real Sosedad” o’rtasidagi uchrashuv 15-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi