Argentinalik sobiq futbolchi Diyego Maradonaning o’limi munosabati bilan ehtiyotsizlikdan odam o’ldirishda ayblanayotgan sakkiz nafar tibbiyot xodimi ustidan sud jarayoni 2024-yilning oktyabridan 2025-yilning 11-martiga qoldirildi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manbaga ko’ra, sud sakkiz nafar aylanuvchidan uch nafarining sud jarayonlarini kechiktirish haqidagi iltimosini qanoatlantirgan. Ta’kidlanishicha, ayblanuvchilarni 8 yildan 25 yilgcha qamoq jazosi kutmoqda.
Eslatib o’tamiz, Maradona 2020-yilning kuzida 60 yoshida olamdan o’tgandi. “Boka Xuniors”, “Barselona” va “Napoli” sobiq futbolchisining o’limida ayblanayotganlar orasida uning neyroxirurg, psixolog, psixiatr va hamshiralari bor.
