“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Bruno Fernandesh “Al-Hilol” taklifini rad etdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, saudiyaliklarning foydali taklifiga qaramay, Bruno Yevropada o’ynashni davom ettirmoqchi. Portugaliyalik futbolchi bu masalada yakuniy qarorga kelgan.
Ma’lumot uchun, Fernandesh o’tgan mavsum barcha turnirlarda 57 ta o’yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.