O’zbekiston U23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze “Olimpik” klubi bosh murabbiyligidan ketganini e’lon qildi.
“Olimpik” klubini tark etdim. Klub rahbariyatiga Olimpiadadan keyin yarim yil dam olishimni ancha oldin aytgandim. Sababi 3,5 yil davomida umuman dam olmadim.
Terma jamoa bilan 4 ta katta musobaqada ishtirok etdik, klub esa Superligada, U-21 chempionatida, Kubokda qatnashdi. Bu odamdan kattagina kuch talab qilardi.
Menimcha, “Olimpik” klubi yil oxirigacha o‘z faoliyatini olib boradi. Keyingi yil nima bo‘lishini rahbariyat hal qiladi. Ayni paytda “Olimpik”da yordamchilarim ishlamoqda. Ularga omad tilayman”, – deydi Timur Kapadze.