“Liverpul” 32 yoshli hujumchi Muhammad Salohga o’rinbosar topdi. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, mersisaydliklar “Yuventus”ning 19 yoshli turkiyalik vingeri Kenan Yildizni o’z safiga qo’shib olishi mumkin.
Qayd etilishicha, Turinliklar futbolchini jamoada olib qolmoqchi, biroq uni 80 million yevroga sotishga ham tayyor. Hozirda “Liverpul” Salohning ketishiga tayyorgarlik ko’rmoqda va uning o’rniga nomzodlar qidirmoqda.
Yildizga, shuningdek, “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, “Aston Villa” va “Borussiya Dortmund” qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Yildiz joriy mavsum barcha turnirlarda 25 ta o’yin o’tkazib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.