O’rta vazn toifasida o’zbekistonlik professional bokschi, WBA kamari uchun majburiy davogar bo’lib turgan Shahram G’iyosov vaznining sobiq chempioni Terens Krouford haqida gapirdi.
“Hech narsa deb bo’lmaydi. Agar men jahon chempioni bo’lsam, u esa yana bizning vaznga qaytsa, jang qilishimiz mumkin.
Kanelo bilan jang juda qiziqarli bo’lishi mumkin. Lekin uning Saulga kuchi yetmaydi. Alvares juda ham baquvvat, Kroufordni Isroil qiynab qo’ydi, Kanelo Isroildan ham kuchli”, – deydi G’iyosov.
Eslatib o’tamiz, 4-avgust kuni Terens Krouford super yarim o’rta vazn toifasida WBA kamari sohibi, hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi jang qilib, ochkolar hisobiga g’alaba qozongandi.