Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Natijada yana ikki jamoa muddatidan avval turnir bilan xayrlashdi.
6 tur davomida 0 ochko jamg’argan “Yang Boyz” va “Slovan” klublari uchun musobaqa erta yakunlandi.
Ushbu jamoalar nazariy jihatdan pley-off zonasida 8 ochko bilan oxirgi o’rinda borayotgan Zagrebning “Dinamo”siga yeta olmaydi.
Shuningdek, “Liverpul” va “Barselona” pley-offda yo’llanmasini kafolatladi. Mersisaydliklar 6 ta turning barchasida g’alaba qozongan yagona jamoa bo’lib turibdi.