“Manchester Yunayted” jamoa hujumchisi Markus Reshfordni sotmoqchi. Klub yanvar oyida ushbu transferni ideal variant deb hisoblamoqda. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Manbaga ko’ra, mankunianliklar Reshfordni arzonlashtirilgan narxda sotib olish taklifiga rozi. Biroq, unga haftasiga 365 ming funt maosh to’lay oladigan klublar barmoq bilan sanarli darajada topiladi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Reshford APL’ning 16-turi doirasidagi “Manchester Siti”ga qarshi bahsda qaydnomaga kiritilmagandi.
Joriy mavsum Markus barcha turnirlarda 24 ta o’yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.