O’zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Qirg’iz Respublikasiga qarshi maydonga tushdi va yakunda 3:2 hisobida g’alaba qozondi.
Uchrashuvdan so’ng tashkil etilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov ishtirok etib, o’yin borasida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
“Birinchi navbatda asosiy vazifamizni bajardik va uch ochkoni qo’lga kiritdik. Keraksiz gollarni o’tkazib yubordik, lekin o’yinga tez qayta oldik. Hali o’yinlar ko’p va xursand bo’lishga hali erta.
Birinchi bo’limdan so’ng yigitlar bilan gaplashib oldik. Ikkinchi bo’limda esa hisobda oldinga chiqib oldik. Jahon chempionatiga chiqish uchun maksimal harakat qilamiz”, – deydi Shomurodov.