“Manchester Yunayted”ning aksiyadori Jim Retkliff hozirda “Bavariya”da o’ynayotgan 31 yoshli hujumchi Harri Keynni jamoaga taklif qilmoqchi. Bu haqda TBR Football xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, angliyalik milliarder Keynning ashaddiy muxlisi hisoblanadi va uni 2023-yildan buyon sotib olish haqida bosh qotirmoqda.
Eslatib o’tamiz, Keyn 2023-yilning yozidan buyon myunxenliklar safida o’ynab kelmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 72 ta o’yinda maydonga tushib, 70 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.