O’zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Qirg’iz Respublikasiga qarshi maydonga tushdi va yakunda iroda namoyish etib, 3:2 hisobida g’alaba qozondi.
Uchrashuvdan so’ng tashkil etilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanes ishtirok etdi va o’yin borasidagi o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
“Futbolchilarim namoyish qilgan o’yindan qoniqdim va muhimi biz g’alaba qozondik. Bunday “syurpriz” gollarni o’tkazib yuborishimiz yaxshi emas, bunday gollar raqib jamoaga sovg’a bo’ladi.
To’g’ri, biz birinchi bo’lib gol o’tkazib yubordik, ammo darhol javob qaytara oldik. Ayniqsa, Shomurodov o’z goli bilan juda tez javob qaytardi.
G’alabaga loyiq edik deb o’ylayman. Dastlabki ikki uchrashuvda maksimal natija qayd etdik va keyingi uchrashuvlarni katta ishtiyoq bilan kutmoqdamiz”, – deydi Katanes.