Ispaniya La Ligasining 30-turidan o’rin olgan “Valensiya”ga qarshi o’yinda (1:2) “Real”ning yagona goliga mualliflik qilgan Vinisius Junior Madrid klubi safidagi 104-golini urdi.
24 yoshli futbolchi bu ko’rsatkich bo’yicha “Qirollik klubi”ning sobiq hujumchisi Ronaldoga tenglashib oldi. Ayni damda Vinisius va Ronaldo “Real” tarixidagi eng yaxshi braziliyalik to’purarlar hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Vinisius ispan grandi safida 104 ta gol urish uchun 307 ta o’yin o’tkazdi. Ronaldoga esa bunday natijaga erishish uchun 177 ta o’yin kifoya qilgan.