Kataloniyaning “Barselona” klubi 34 yoshli darvozabon Voytsex Shesni bilan 2025-yilning yozida yakuniga yetadigan shartnomani uzaytirish imkoniyatlarini o’rganib chiqmoqda. Bu haqda Marca xabar berdi.
Manbaga ko’ra, polshalik kiper oktyabr oyida kataloniyaliklar safiga kelib qo’shilganidan so’ng birorta ham o’yin o’tkazmagan bo’lsa-da, “Barselona” uning boy tajribaga ega ekanligi va jamoaning zaxira darvozaboni rolini qabul qilganidan mamnun.
Ta’kidlanishicha, agar klub siyosatida o’zgarishlar bo’lmasa, Shesni bilan shartnoma yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.