O’zbekiston milliy terma jamoasi 10-sentyabr kuni JCh-2026 saralashi doirasida Qirg’izistonga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanes ishtirok etib, o’yin borasida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
“Avvalambor samimiy mehmondo’stlik uchun tashakkur bildirmoqchiman. Tayyorgarlik yaxshi o’tdi, ertangi o’yinga tayyormiz.
Uchrashuv sun’iy maydonda o’tkaziladi, bunday holatga ilk bor duch kelayotganimiz yo’q. Jahon chempionatiga yo’l olish uchun har bir uchrashuvda yaxshi natija qayd etishimiz shart.
Biz qo’shnilarmiz, o’rtadagi masofa juda yaqin va ikki mamkalat o’rtasidagi masofani bor-yo’gi bir soatda bosib o’tdik. Futbolchilarga adaptatsiya uchun hech qancha vaqt kerak bo’lgani yo’q.
Jismoniy holat yomonligi o’tgan o’yindan so’ng ortda qoldi. O’sha bahsda biz 11 nafar askarlarga qarshi o’ynadik deyishimiz mumkin. Ular jismoniy jihatdan juda yaxshi holatda edilar. Biz ko’p vaziyatlar yaratdik. O’ylaymanki, ertangi bahsda ustunlikka erishamiz”, – deydi Katanes.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston – Qirg’iziston o’rtasidagi uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.