Madridning “Real” klubi kelasi yozda “Liverpul” himoyachisi Trent Alexandr-Arnoldni o’z safiga qo’shib olmoqchi. Bu haqda Todofichajes xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “qaymoqranglilar” Trentning shartnoma muddati tugashidan unumli foydalanib, 2025-yilning yozida uni tekinga qo’lga kiritmoqchi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchining mersisaydliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.