Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres Kilian Mbappening o’yinidan ko’ngli to’lmayapti.
Relevo nashrining xabariga ko’ra, jamoada yetakchi futbolchining yo’qligi asosiy muammolardan biridir. Rahbariyatning fikricha, bu fransiyalik futbolchi bo’lishi kerak edi.
Ta’kidlanishicha, Mbappe jamoaning eng yaxshi futbolchisi bo’lishi uchun transfer qilingan. “Real” Kilianni tezroq asosiy futbolchiga aylanishini istamoqda.
Qayd etilishicha, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres so’nggi suhbatlaridan birida bosh murabbiy Karlo Anchelottiga Mbappe ustidan shikoyat qilgan.
Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsum La Ligada 11 ta o’yin o’tkazib, 6 ta golga mualliflik qildi. Uning “Qirollik klubi” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi.
