“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Salohning vakillari allaqachon misrlik futbolchining xizmatlarini Kataloniyaliklar rahbariyatiga taklif qilishgan.
Qayd etilishicha, “Barselona” Salohni sotib olishga qarshi emas, chunki uning tajribasi va sifatli o’yini klubni o’ziga jalb qilmoqda.
Biroq kataloniyaliklar moliyaviy muammolar sabab uning maoshi kamaytirilsagina transferni muhokama qilishga kirishishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Saloh joriy mavsum barcha turnirlarda 39 ta o’yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.